2021-yil kinoijodkorlar uchun ikkita koʻp qavatli uy qurib bitkaziladi

17:12 19 Yanvar 2021 Madaniyat
1451 0

“Milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi

Loyihada keltirilishicha, prezidentning oʻtgan yil 20-noyabrdagi «Oʻzbekfilm» kinostudiyasiga tashrifi davomida milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari uchun koʻp qavatli ikkita turar-joy binosini qurish va bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish vazifasi topshirilgan.

«Oʻzbekfilm» DUK hududidan ikkita koʻp qavatli uy-joylarni qurish uchun yer maydoni ajratilgan.

Toshkent shahar hokimligi qonunchilikda belgilangan tartibda ikkita 9 qavatli uy-joylarni qurish uchun tender savdolari orqali bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarini tanlab oladi.

Uy-joylar 2021-yilning 31-dekabriga qadar foydalanishga topshiriladi.

Qurilgan uylarning (maydonining) 20 foizi bepul «Oʻzbekfilm» DUKga xizmat uylari sifatida beriladi.

Koʻp kvartirali uy-joylar qurilishi yakunlanishi bilan uy-joyning tayyor kvartiralari faqatgina milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari uchun bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali beriladi.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi «Oʻzbekfilm» DUK hududida quriladigan koʻp kvartirali uy-joylar qurib bitkazilgandan soʻng bir oylik muddatda turar joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji bor, kamida 5 yil shu sohada faoliyat yuritgan milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari roʻyxatini shakllantirib, ularga kvartiralar ajratish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер