2020-yilda yetti nafar sudya koronavirus oqibatida vafot etgan
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Unda qayd etilishicha, 2020-yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Yaʼni, 3 nafar sudya boshqa ishga oʻtgan, sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini hamda odil sudlovni amalga oshirishda qonun talablarini qoʻpol ravishda buzgan 12 nafari chetlatildi (ulardan biri jinoiy javobgarlikka tortilgan). Shuningdek, oʻz xohishiga koʻra yana 5 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan. Yana yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgani bois vakolati muddatidan avval tugatildi.
2021-yilning oʻtgan ikki oyida Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 9 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllashga ruxsat berildi, bir nafar sudya vazifasidan ozod qilindi. Shu kunlarda kunlarda yana uch nafar sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Sudyalar oliy kengashi 2020-yilda 835 nafar nomzodni sudyalikning navbatdagi vakolat muddatiga, muddatsiz davrga va vakolat muddati davriga qayta tayinlash masalalari koʻrib chiqdi. Shundan 126 nafar nomzod sudyalikning keyingi muddatidagi tayinlashga nomunosib deb topildi. 72 nafari zaxiraga qoldirildi, 41 nafar nomzodni tavsiya etilgan lavozimga tayinlash rad etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring