19 yoshli shaxmatchimiz mukofot jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollarini tashkil qiladigan turnirda ishtirok etadi

Oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov “Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus” musobaqasi ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda “Freestyle Chess club” maʼlumot berdi.
Xabarga koʻra, Javohir Sindarov 7-14-fevral kunlari Germaniyaning Vaysenxaus shahrida tashkil etiladigan shaxmat boʻyicha Katta dubulgʻa musobaqasining ilk bosqichida ishtirok etadi. Sindarov ushbu turnirga hindistonlik Vishi Anandning oʻrniga taklif etilgan.
Maʼlumki, 19 yoshli shaxmatchimiz turnirning onlayn saralash bosqichida Rossiyalik Vladimir Fedoseyevga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egallagan edi.
“Javohirni yengishim juda qiyin boʻldi. U eng iqtidorli shaxmatchilardan biri. Unda shunday qobiliyatlar borki, menda bor deb ayta olmayman”, — deydi Fedoseyev.
Turnirda Sindarovdan tashqari Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Xikaru Nakamura kabi jami 9 nafar shaxmat ustalari ishtirok etadi.
Maʼlumotlarga koʻra, turnirning mukofot jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Javohir Sindorov shaxmat tarixida 13 yoshga toʻlgunga qadar grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan olti nafar shaxmatchidan biridir. U 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring