17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralashiga qurʼa tashlandi

14:00 07 Avgust 2025 Sport
137 0

Bugun 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasining saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.

Qurʼa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi Hindiston va Qirgʻiz Respublikasi jamoalari bilan birga “G” guruhidan oʻrin oldi.

Quyidagi rasmda musobaqada ishtirok etadigan jamoalarning joylashgan guruhlarini koʻrish mumkin:

Maʼlumot uchun, ushbu saralash bosqichi oʻyinlari joriy yilning 9-15-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan guruh oʻyinlariga Qirgʻiz Respublikasi mezbonlik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер