14 ming nafar oilaviy shifokor kardiologiya yoʻnalishida oʻqitiladi

15:24 28 Yanvar 2022 Jamiyat
959 0

Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil yakuniga qadar:

— tibbiyot brigadalarining 14 ming nafar oilaviy shifokorlari kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash, davolash va birlamchi yordam koʻrsatishga oʻqitiladi.

— xorijda tajriba orttirgan xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda birlamchi boʻgʻindagi 500 nafar mutaxassis kardiologiya va laboratoriya yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlanadi.

Barcha oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarda shifokor oldi koʻrik xonalari tashkil qilinadi hamda 15 ming nafar hamshira maxsus kurslarda oʻqitiladi.

Birlamchi boʻgʻindagi mutaxassislarni kardiologiya va laboratoriya yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlash xarajatlarining 50 foizi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasidan, qolgan 50 foizi mahalliy byudjetdan qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?