130 yil avval choʻkib ketgan kema topildi, u oʻz davrining eng mashhur oilasiga tegishli boʻlgan — Tadqiqot

12:19 12 Mart 2025 Dunyo
360 0

Tadqiqotchilar 1892-yilda Michiganning Yuqori yarim oroli yaqinidagi “Superior” koʻlida boʻron oqibatida choʻkib ketgan savdo kemasini topdilar. Bu haqida “NBS News” nashri xabar berdi.

Unga koʻra, afsonaviy Titanikning choʻkishidan 20-yil oldin yana bir yirik kema dengiz qariga gʻarq boʻlgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu yuk kemasi okeanni kesib oʻtgan birinchi poʻlatdan yasalgan kema boʻlishi mumkin.

Tadqiqot tahlillariga koʻra, ushbu kema oʻz davridagi dengiz transportlarining tezlik rekordini yangilash uchun qurilgan.

“Salkam yuz metr uzunlikka ega boʻlgan mazkur yuk tashuvchi kema oʻzining tuzilishi, tezligi hamda imkoniyatlari tufayli zamonasining eng xavfsiz suv transporti boʻlishi kerak edi. Uning egasi Piter Minch boʻlib, oʻz kemasi bilan juda faxrlangan”, deyiladi tadqiqotchilar hisobotida.

Piter Minch oʻz davridagi eng mashhur va boy insonlardan biri boʻlgan. U turmush oʻrtogʻi hamda farzandlari bilan birga oʻzining soʻngi sayohatini aynan mana shu kemasida amalga oshiradi.

1982-yilning yoz oyida sayohatga otlangan oila, 30-avgust kuni Michigan va Kanada oʻrtasidagi “Superior” koʻliga kirib kelganida kuchli shamol koʻtarilib, yuksiz kemaning suvda muvozanatini yoʻqotishiga sabab boʻladi hamda agʻdarilib, dengiz qariga gʻarq boʻladi.

Ushbu halokat sabab, bortda boʻlgan 27 kishi, jumladan, Minch oilasining barcha aʼzosi halok boʻlgan. Faqatgina Garri Styuart ismli gʻildirak ustasi omon qoladi. U qutqaruv qayigʻining agʻdarilib ketishiga qaramay, moʻjizaviy tarzda qirgʻoqqacha suzib borishga erishgan.

“U vaqtlar deyarli barcha kemalar yogʻochdan qurilgan. Ammo bu kema texnologik jihatdan ham rivojlangan boʻlgan. Kema egalari oʻz vaqtida juda mashhur edilar. Ushbu topilma, tarixni tushunish uchun ajoyib qoʻllanma vazifasini bajaradi”, deyiladi mazkur tadqiqot vakili nutqida.

“Milliy okean va atmosfera maʼmuriyati” maʼlumotlariga koʻra, “Superior” koʻlidagi suvning oʻrtacha harorati kema falokatga uchragan paytlarda, yaʼni avgust oyining oxirlarida keskin sovib ketadi.

Mutaxassislar Titanik hamda yangi topilgan kemaning choʻkishiga yagona sabab, har ikkala kema bir xil turdagi poʻlatdan tayyorlanganini aytishmoqda. Ularning fikricha, bu metall kemalarning choʻkib ketishini tezlashtirish uchun muhim rol oʻynagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер