1,2 mlrd. soʻmni oʻzlashtirgan MCHJ rahbari va sobiq nazoratchi qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.I.” MCHJ rahbari A.S., “S.S.” MCHJ QK sobiq texnik nazoratchisi Z.X. va boshqalar hududdagi 2 ta MFYda suv taʼminoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 1,2 mlrd soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring