11 oyda 18,5 trln soʻmlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan

16:20 06 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
342 0

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan qiymati 18,5 trln soʻmlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Hududlar kesimida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 198,1 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati – 770,7 mlrd soʻm;
  • Buxoro viloyati – 318,8 mlrd soʻm;
  • Jizzax viloyati – 463,1 mlrd soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 172,8 mlrd soʻm;
  • Navoiy viloyati – 369,5 mlrd soʻm;
  • Namangan viloyati – 752 mlrd soʻm;
  • Samarqand viloyati – 1,3 trln soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 103,4 mlrd soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 1 trln soʻm;
  • Toshkent viloyati – 4,2 trln soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 1,9 trln soʻm;
  • Xorazm viloyati – 154,6 mlrd soʻm;
  • Toshkent shahri – 6,9 trln soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 16,1 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?