11 mlrd soʻmdan ziyod pulni Oʻzbekistondan Qozogʻistonga yashirincha olib oʻtmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati juda katta miqdordagi pul mablagʻlarini Qozogʻistonga olib oʻtmoqchi boʻlgan temir yoʻl tizimi xodimlarini qoʻlga oldi.
Qayd etilishicha, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Oʻzbekiston” lokomotiv deposining 2 nafar mashinisti «Chuqursoy-Saragʻoch» yoʻnalishida oʻzlari boshqarib ketayotgan yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971 ming 50 AQSH dollari, 47 ming 720 yevro, 3 mln 424 ming 500 rossiya rubli miqdoridagi pul mablagʻlarini yashirgan holda Qozogʻiston Respublikasiga olib oʻtmoqchi boʻlganlarida qoʻlga olingan.
Bundan tashqari mazkur elektrovoz Keles temiryoʻl bekatiga olib kelinib qayta tekshiruvdan oʻtkazilganda mashinist oʻrindigʻi ostiga yashirilgan qoʻshimcha 1 ming 50 AQSH dollari ham aniqlangan.
Ushbu xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 11 mlrd 277 mln 447 ming soʻmni tashkil etadi.
Dastlabki surishtiruv jarayonlarida Qozogʻiston Respublikasiga olib oʻtish uchun mazkur valyutalarni mashinistlarga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro berganligi maʼlum boʻlib tezkor tadbir davomida u ham DXX tomonidan qoʻlga olingan.
Valyutalarni qoʻshni davlatga olib chiqish evaziga mashinistlar 300 AQSH dollari olishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan DXX tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring