1-iyundan oliy maʼlumotli bogʻcha tarbiyachilarining maoshi oshadi
Joriy yilning 1-iyunidan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil may oyida imzolagan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyilgan.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, davlat bogʻchalarining oliy maʼlumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 soʻm olishi belgilangan. Maktablarning oliy maʼlumotli boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 soʻm oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring