1-iyuldan pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

13:03 08 Yanvar 2025 Jamiyat
252 0

2025-yil 1-iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olina boshlanadi. Bu hukumatning “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda «ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)ning aniqlik kiritishicha, endilikda my.gov.uz dagi shaxsni tasdiqlovchi, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarning raqamli (elektron) shakllari rasman tan olinadi.

Bunda my.gov.uz platformasi hamda “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.

Roʻyxatga quyidagi hujjatlar kiritilgan:

Oʻzbekiston fuqarosining biometrik pasporti;

Oʻzbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi;

Haydovchilik guvohnomasi;

Tugʻilganlik haqida guvohnoma;

Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;

Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;

Transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);

Pensiya (nafaqa) guvohnomasi;

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi);

Nogironlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

Transport vositasining majburiy sugʻurta (fuqarolik javobgarligi) boʻyicha sugʻurta polisi;

Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;

Talabalik guvohnomasi;

Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

Turar joy obyektlarining kadastr pasporti;

Jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma.

Ushbu hujjatlarning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni roʻyxatdan oʻtkazishda va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, shu jumladan, elektron xizmat koʻrsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi, yaʼni portaldagi elektron shakllari ham tan olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер