1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransportlar xarid qilinadi
“Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qaror bilan “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Unga koʻra, jumladan:
➖ Xalqaro standartlarga javob beruvchi 7 ta Milliy referens laboratoriya yaratiladi;
➖ Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 17 ming 554 nafar xodimning malakasi oshiriladi;
➖ 475 ta sanitariya-epidemiologiya xazmati muassasalari rekonstruksiya qilinadi, kapital taʼmirlanadi va jihozlanadi;
➖ COVID-19 infeksiyasini aniqlash uchun test hajmi amaldagi koʻrsatkichga nisbatan koʻpaytirilib, 500 mingta test sinovlari oʻtkaziladi;
➖ respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash uchun 2021-yil 1-oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xarid qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring