Shavkat Mirziyoyev nomiga Ramazon oyi hamda muborak Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar kelmoqda

Tabriknomalarda koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga tinchlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan doʻstona munosabatlar va oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga intilish qatʼiy ekani bildirilgan.

19:46 20 Mart 2026
“Tinchlik kengashi” Gʻazoni qayta tiklash boʻyicha takliflarni kelishib oldi

Hujjatni amalga oshirishga oʻtish uchun HAMAS va Gʻazodagi boshqa guruhlarning toʻliq qurolsizlanishiga erishish qolmoqda.

18:42 20 Mart 2026
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

17:37 20 Mart 2026
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

17:12 20 Mart 2026
Oʻzbekistonning mashhur shirinliklari ispan nashrida eʼtirof etildi

Ispaniyaning nufuzli “El Diario” nashri “Osiyoda shirinliklardan voz kechilmaydi: Oʻzbekistonning eng mashhur 5 ta shirinligi” sarlavhali maqolani eʼlon qildi.

16:18 20 Mart 2026
Oʻzbek milliy doʻppisi Londonning diqqatga sazovor joylarida namoyish qilindi

Londonda vatandoshlar ishtirokida noodatiy ekskursiya tashkil etildi.

16:12 20 Mart 2026
Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Doʻrmon” qoʻrgʻonida Abdulla Oripov uy-muzeyining ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

15:58 20 Mart 2026
Tramp Eronga qarshi operatsiyaning toʻsatdan boshlangani haqidagi savolga javoban Yaponiyaga Perl-Xarborni eslatdi

AQSH Prezidentidan nima uchun Vashington Tokio va Yevropadagi ittifoqchilarini Eronga hujum qilish niyati haqida ogohlantirmagani soʻraldi.

15:43 20 Mart 2026
Oʻzbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida zamonaviy oʻzbek rassomlari asarlari koʻrgazmasi ochildi

Frankfurt-Mayn shahridagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasiga keluvchilar endilikda yurtimiz tasviriy sanʼati durdonalari bilan tanishish imkoniga ega boʻladi.

15:40 20 Mart 2026
Yangilanish va qadriyatlar uygʻunligi

Andijon viloyatining Bobur shahrida umumxalq Navroʻz bayrami munosabati bilan oʻtkazilayotgan xalq sayli bugun nafaqat bayram, balki milliy ruh, qadriyat va yangilanish timsoliga aylangan.

15:24 20 Mart 2026
Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi energetika obyektlariga zarba berishga moratoriy joriy etishga chaqirdi

Qoʻshma bayonotda aytilishicha, obyektlarning vayron qilinishi energiya tashuvchilar narxining oshishiga, shuningdek, qurgʻoqchilik va ochlik xavfining kuchayishiga olib kelgan.

15:15 20 Mart 2026
Janubiy Koreyadagi avtomobil ehtiyot qismlari zavodida yirik yongʻin yuz berdi: kamida 50 kishi jabrlandi

Taʼkidlanishicha, ulardan 35 nafari ogʻir tan jarohati olgan.

15:10 20 Mart 2026
“Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari Toshkentdan Shahrisabzga qatnashni boshlaydi

Poyezdlar juma, shanba va yakshanba kunlari yoʻlga chiqadi.

15:06 20 Mart 2026
NBC: AQSH Yaqin Sharqqa qoʻshin yuborishni tezlashtiradi

Avvalroq Vashington Yaqin Sharqqa minglab harbiylarni yuborish masalasini koʻrib chiqayotgani xabar qilingan edi.

15:03 20 Mart 2026
Oʻzbekiston Xitoyga gaz yetkazib beruvchi eng yirik beshta davlat qatoriga kirdi

“Zangori yoqilgʻi” eksporti boʻyicha mamlakat beshinchi oʻrinda bormoqda.

15:00 20 Mart 2026
Tramp AQSH migrantlarni deportatsiya qilish yondashuvini qayta koʻrib chiqishi kerakligini tan oldi

AQSH prezidenti hibsga olishlar paytida shaharlarda tartibsizlik keltirib chiqarmaslik va asosiy eʼtiborni “yomon yigitlar”ni qoʻlga olishga qaratish zarur deb hisoblaydi.

14:46 20 Mart 2026
Oʻzbekiston dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingidagi oʻrnini saqlab qoldi

Mamlakatdagi baxt darajasi 10 balldan 6,283 ballga baholandi.

14:42 20 Mart 2026
Gilmanova Nafisa Valiaxmetovnaning arxitektura fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi e’loni

Gilmanova Nafisa Valiaxmetovnaning arxitektura fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi e’loni.

14:40 20 Mart 2026
Erondagi oʻtning Yevropada tutuni

Avstriya va Italiya Erondagi vaziyat fonida yoqilgʻi soligʻini kamaytirishga qaror qilishdi.

14:34 20 Mart 2026
Mo‘minxo‘jayeva Nilufar Faxriddin qizining arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi e’loni

Mo‘minxo‘jayeva Nilufar Faxriddin qizining arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi e’loni.

14:33 20 Mart 2026