2022-yilda Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida 2 610 ta kompyuter sinf xonalari tashkil etildi

19:08 15 Dekabr 2022 Jamiyat
1163 0

Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati

Xalq taʼlimi vazirligida hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining taʼlimni raqamlashtirishga masʼul xodimlari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarida internet infratuzilmasidan samarali foydalanish, oʻquvchilar oʻrtasida foydali onlayn taʼlim resurslari (maktab.uz, kitob.uz, artshop.uzedu.uz, edukids, coursera.org)ni samarali targʻib etishga doir muhim masalalar muhokama etildi.

Xususan, 2022-yil davomida vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarida tashkil etilgan 2 610 ta kompyuter sinf xonalaridan unumli foydalanishga doir aniq vazifalar belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?