Harbiy ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Toʻmaris” koʻkrak nishonini taʼsis etildi
Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston Prezidentining “Toʻmaris” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilganidek, qadimdan ayol oilani, jamiyatni jipslashtirish, farzand dunyoga keltirish, jamiyat, davlat hayotida faollik, tashabbuskorlik koʻrsatish, onalik va bolalik muhofazasiga masʼul boʻlish hamda sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish timsoli sifatida ulugʻlanadi.
Taʼkidlash kerakki, milliy armiyamizning nufuzi va jangovar qudrati yuksalishida erkak harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda yelkama-yelka xizmat qilayotgan ayol harbiy xizmatchilarning mehnati beqiyos.
Qarorda qayd etilganidek, Oʻzbekiston mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, munosib hissa qoʻshayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Toʻmaris” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
Davlatimiz rahbari qarori bilan “Toʻmaris” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom va “Toʻmaris” koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi tasdiqlandi.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan “Toʻmaris” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.
Qarorga muvofiq, “Toʻmaris” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar byudjet mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Koʻkrak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ularning topshirigʻiga muvofiq, boshqa masʼul shaxslar) tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring