Samarqand shahrida “Tinchlik daraxti” monumenti oʻrnatildi

20:02 17 Noyabr 2022 Jamiyat
1047 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Tinchlik daraxti” monumenti oʻrnatildi. Monumentning ochilish marosimida YUNESKO bosh direktori oʻrinbosari Stefaniya Janini, YUNESKOning madaniy diplomatiya boʻyicha maxsus elchisi, monument muallifi Xedva Ser, Germaniya federal vaziri Meyls Anne va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.

—  “Tinchlik daraxti” haykali dunyoga mashhur 17 shaharda oʻrnatilgan, — deydi asar muallifi Xedva Ser. — Bunday ramziy maʼnoga ega monumentni yaratishni YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirganmiz. 2008-yilda ilk haykalni Isroilda oʻrnatdik. Ushbu monument turli millatlarning birlashuvi, dinlari va ular oʻrtasidagi tinchlik belgisini bildiradi. Bugun bronzadan yasalgan, 750 kilogrammlik oʻn sakkizinchi monument Oʻzbekistonda, tarixiy shahar Samarqandda ham oʻrnatildi. Ahamiyatlisi, boshqa shaharlarda oʻrnatilgan asarlarni yaratishda uch oy vaqt sarflangan boʻlsa, bu asarni yaratishda toʻrt hafta kifoya qildi. Kelgusi yil shunday haykalni Meksikada oʻrnatish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер