Germaniyaning Xaydelberg shahrida IT Park vakolatxonasi ochildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan iborat delegatsiya aʼzolari Germaniyaning Xaydelberg shahrida tashkil qilingan IT Park vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda 20 ga yaqin Germaniyaning IT loyiha va yechimlarni buyurtmachilari sifatidagi kompaniyalar rahabarlari ham qatnashdi.
Tadbir doirasida IT Park rezidentlariga yaratilgan sharoitlar va preferensiyalar bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirildi, shuningdek, IT Parkning “Venkon group”, “Zuccotech”, “Realsoft”, “Rebochain technology”, “Soft Legion” rezident-korxonalari tomonidan IT sohasidagi oʻzlarining faoliyatlari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.
Uchrashuv soʻngida BPO xizmatlarini yurtimizga autsors qilishda hamkorlik qilish, Oʻzbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida qoʻshma loyihalarni Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqishga, shuningdek, Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida IT sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Shuningdek, mazkur tadbir doirasida muhim hujjatlar ham imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring