Prezident mart oyi boshida kuzatilgan shakarga “ajiotaj” mavzusi haqida

17:47 31 Mart 2022 Siyosat
1022 0

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida ayrim hududlarda shakar narxi asossiz oshgani, ayniqsa, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud zaxiralar oʻz vaqtida tarqatilmagani sababli shakar narxi keskin oshgani aytib oʻtildi.

“Savol tugʻiladi. Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?”, dedi Prezident.

Shuning uchun viloyat, shahar va tuman hokimlari har kuni oʻz hududidagi oziq-ovqat, ayniqsa un, shakar va yogʻning narxini joylarda yurib oʻrganadi va barqarorlikni taʼminlash uchun tezkor tadbirlarni koʻrib boradi.

Ayniqsa, kirib kelayotgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini taʼminlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam koʻrsatib, naxrlarni arzonlashtirish bu ulugʻ ayyom kunlarida katta savob ekanligini barcha tadbirkorlarga tushuntirishlari kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Respublikaga chetdan bugʻdoy, oʻsimlik yogʻi va shakarni olib kelish boʻyicha barcha masalalar hal qilib berilgani, endi buni aql bilan samarali tashkil etish kerakligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер