Navoiyda elektrokar zavodi quriladi
Foto: Халқ сўзи
Prezidentimizning sanoatlashgan hududda tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida Navoiy viloyatiga “erkin iqtisodiy zona” maqomini berish toʻgʻrisidagi topshirigʻiga asosan hududdagi yuzga yaqin korxonaga 120 dan ortiq loyiha boʻyicha erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomi berilgan edi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati qariyb 1 milliard AQSH dollari atrofida boʻlib, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar – salkam 300 million dollarni tashkil etadi. Shu kunga qadar faoliyatini toʻliq boshlagan loyihalar asosida 5000 mingdan ortiq doimiy ish oʻrinlari yaratilgan.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishida hududning investitsiyaviy jozibadorligi bilan birga viloyat eksportchilar uyushmasining tashabbuskorligi ham muhim omil boʻlmoqda. Xususan, yaqinda uyushma raisi Sardor Gʻaffarovning tashabbusi bilan AQSH va Koreyadan investorlar taklif etilib, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov tomonidan qabul qilindi.
Muzokaralar davomida amerikalik investor Isaak Tomas bilan Navoiyda elektrokar zavodi qurilishiga kelishildi. Shuningdek, koreyalik investorlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator loyihalar muhokama qilindi. Shu asosda hududning eksport imkoniyatini oshirishga yoʻnaltirilgan bir qator mega loyihalarga start beriladi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring