Andijondagi maktablarda “Varshava sinflari” tashkil etiladi
Foto: Халқ сўзи
Andijon viloyatida umumtaʼlim sifatini oshirish, bu borada ilgʻor xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish maqsadida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Varshava menejment universiteti (Polsha)ning Andijon filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga binoan endilikda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida “Varshava sinf”lari tashkil etiladi. Shu bilan birga “Varshava olimpiadalari” tashkil etiladi. Unda gʻolib chiqqan oʻquvchilar Varshava menejment universitetiga qabul qilinishda maxsus imtiyozga ega boʻladilar.
Koʻzlangan loyihani amalga oshirish uchun yuqorida nomi keltirilgan universitetning tajribali oʻqituvchilari ishtirokida maktablarda mahorat darslari tashkil etilishi yuzasidan kelishib olindi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring