Oʻzbekiston Geografiya jamiyatiga rais saylandi
Oʻzbekiston geografiya jamiyati aʼzolarining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi va bunda jamiyat yangi raisi tayinlandi. Iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD) Oybek Kabiljanovich Norinbayev bir ovozdan Oʻzbekiston Geografiya jamiyati raisi etib saylandi.
Oʻzbekiston geografiya jamiyati 120-yildan ortiq tarixiga ega boʻlib, geografik tadqiqotlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish, geograflarning ilmiy asarlarini nashr etish, va geografik bilimlarni targʻib qilish kabi muhim vazifalarni bajarib kelmoqda, jamiyat tomonidan oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda qator xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etilmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston Geografiya jamiyati tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot loyihalari va ommabop ilmiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Oybek Kabiljanovich Norinbayev 2018-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan, bunga qadar respublikamizning bir qator tijorat banklarida samarali mehnat qilib, Qishloq qurilish bank hamda Asaka bankda rais oʻrinbosari lavozimlarida, shuningdek, Oʻzmilliybankda turli rahbar lavozimlarida ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring