Oʻzbekistonda «Sputnik V» vaksinasi bir oyda 10 mln dozagacha ishlab chiqariladi
Jurnalistlar uchun Toshkent viloyatidagi “Jurabek laboratories” korxonasiga press-tur tashkil etildi. Unda kompaniyada Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarish jarayoni qachondan boshlanishi, vaksina qancha dozada ishlab chiqarilishi boʻyicha maʼlumot berildi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat Ahatova xabar berdi.
«Rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda «Sputnik V» vaksinasining ilk validatsion partiyasini ishlab chiqardik. Birinchi va ikkinchi komponentlarini 2 kun davomida ketma-ket ishlab chiqarildi. Jarayonda rossiyalik mutaxassislar shaxsan ishtirok etib, kuzatib bordi va u muvaffaqiyatli oʻtdi. Validatsion partiyalarning barchasi tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazish uchun Rossiyaga yuborildi. Kuni kecha tekshiruv xulosalarini oldik, tekshiruvlardan muvaffaqiyatli oʻtganimizni xabar berishdi.
Keyingi bosqichda «Sputnik V» vaksinasini tijoriy maqsadda ishlab chiqarishni boshlaymiz. Dastlabki bosqichda bir oyda 2 mln dozadan 10 mln dozagacha ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Rossiya vaksinani yetkazib bersa, ularni flakonlarga quyish jarayoni kelasi haftadan boshlanadi.
Birinchi navbatda oʻzimizning bozorimizni taʼminlab beramiz. Undan keyin ortiqchasini eksport qilamiz. Hozirgi kunda korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 5 foizdan 8 foizgacha qismi eksport qilinadi. Eksport qiluvchi davlatlarimiz asosan: Gruziya, Afgʻoniston, Qirgʻiziston va Moldova», dedi kompaniyaning ishlab chiqarish boʻyicha direktor muovini Aziz Sodiqov.
Hozircha, kompaniyada Rossiyaning «Sputnik V» hamda keyinchalik oʻzbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 vaksinalarini ishlab chiqarilish rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring