Yangi Oʻzbekiston universitetiga imtihonlar sentyabrning boshida oʻtkaziladi

19:39 10 Avgust 2021 Jamiyat
3135 0

Avvalroq, Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalariga stipendiya toʻlanmasligi haqida xabar bergan edik.

Ushbu universitetga  kirish imtihonlari qachon boʻlib oʻtishi va oʻquv jarayoni qayerda boʻlishi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Shahnoza TOʻRAMURODOVA xabar berdi.

Yangi Oʻzbekiston universitetini tashkil etish departamenti boshligʻi Samariddin Shamsiyevning taʼkidlashicha, Yangi Oʻzbekiston universitetiga imtihonlar sentyabr oyining boshida oʻtkaziladi. Oʻquv jarayoni oktyabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining binosida boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер