Oʻzbekistonda “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimi ishlab chiqiladi
“Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Markazlar, jumladan, qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlab, ularning oʻqishi va xulq-atvori, oilasidagi muhitini hamda qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillarni oʻrganadi.
2021-yil 1-sentyabrdan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar tomonidan – taʼlim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan – xizmat hududida, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari tomonidan – oilalarda qarovsiz bolalar aniqlanadi.
Voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu toʻgʻrisida profilaktika inspektoriga xabar beradi.
Profilaktika inspektori bola qarovsiz qolganligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, tegishli tartibda bolani Markazga qabul qilish haqida yoʻllanma tayyorlanadi.
Shunga koʻra, Markaz xodimlari 5 soat ichida bolani qabul qilib oladi va Markazga joylashtiradi.
Markaz tomonidan 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsi aniqlanadi. Bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga koʻra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-onasi (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga topshiriladi.
Markaz yoʻllanmasiga koʻra, bola tegishli ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga sinov va imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadi. Oʻqish xarajatlari respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Professional yoki OTMga oʻqishga kirish istagi boʻlmagan yoki oʻqishga kira olmagan qarovsiz voyaga yetmagan bola 1 oy ichida hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi.
2021-yil 1-noyabrgacha “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimi ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring