Bu yil “Yangi Oʻzbekiston” universiteti ochiladi
Avvalroq, “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivaliga start berilgani haqida xabar bergan edik.
Festival doirasida Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev bilan yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda hukumat vakili joriy yil yangi oliy taʼlim muassasalari ochilishi haqida aytib oʻtdi.
«Endilikda qariyb 25 foiz maktab bitiruvchilari talaba boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Yoshlarni oliy taʼlimga qamrab olish uchun taʼlim muassasalari soni 5 yil ichida qariyb 60 tadan 130 taga yetib qoldi.
Bundan tashqari, chet elning nufuzli OTMning filiallari tashkil qilinyapti. Bularning hammasi yoshlarimiz yaxshi bilim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu yildan boshlab 2021-yil 1-sentyabrgacha barcha hududlarda “Prezident maktablari” faoliyat boshlaydi. Ularga saralash shaffof boʻladi. Bunday maktablarda yoshlar Angliyaning Kembrij taʼlim tizimi asosida oʻqitiladi.
Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston universitetini ochish yuzasidan ishlar olib borilmoqda», dedi Bosh vazir oʻrinbosari.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring