Fargʻonada sud binosidan qochib ketgan sudlanuvchilar ushlandi
Shu yilning 5-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tuman sudi binosidan 4 nafar sudlanuvchilar qochib ketgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, ularga nisbatan dastlabki tergovda «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qoʻllanilgan boʻlib, ular ichki ishlar organlari kuzatuvi va nazorati ostida sud majlisiga olib kelingandi. Kutilmaganda toʻrtovlon binoning yertoʻla qismidagi orqa devordan oshib qochib qolishgan.
Fargʻona viloyat sudining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Qobiljon Mutaliyevning qayd etishicha, tezkor chora-tadbirlar natijasida sudlanuvchilar shu kunning oʻzidayoq viloyat hududida ushlandi.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring