Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi
Bugun Nurobod tumani hokimligi majlislar zalida viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi A.Inagamov, tuman hokimi F.Zairov va tumandagi huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda faollar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrilib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi bilan Soyipova Norsuluv Raximovna Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
N.Soyipova 1979-yilda Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan, maʼlumoti oliy — huquqshunos. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Samarqand tumani prokuraturasida boshlab, 2019-yildan buyon Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, N.Soyipova ayni vaqtda Samarqand viloyatidagi yagona ayol tuman prokurori hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring