Joriy yilda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari ijrosiga 9 trillion soʻm yoʻnaltiriladi

Arxiv surat
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.
Xususan, “Oilaviy tadbirkorlik”, “yoshlar” va “ayollar” dasturlarini bevosita mahallaga bogʻlab, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va bu orqali 500 ming nafar yoshlar va 200 ming ayollarni ish bilan taʼminlash hamda “temir daftar”ga kirgan 300 ming nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish zarurligi taʼkidlandi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.
Buning uchun, joriy yilda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida ajratilishi lozim boʻlgan 6 trillion soʻm 1,5 baravarga oshirilib, ushbu maqsadlarga 9 trillion soʻm resurs yoʻnaltiriladi.
Masʼullar mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari bilan birga, joriy yil 1-sentyabrga qadar dasturlarga kiritilgan har bir qishloq va mahallaning ixtisosligidan kelib chiqib, “Oilaviy tadbirkorlik” loyihalarini amalga oshiradi.
Joriy yil 1-iyunga qadar jami 128 ta mahallada kichik sanoat zonalarini tashkil etiladi. Buning uchun investitsiya dasturlari doirasida 1 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring