Namangan shahri va yana 2 tumanda 2 kun ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi
“Namangan suv taʼminoti” MCHJ axborot xizmati Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlari aholisi hamda korxona, tashkilot rahbarlariga ogohlantirish bilan chiqdi.
Xabarga koʻra, 2021-yil yoz mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida viloyat hokimligi bilan kelishilgan tadbirlar rejasiga muvofiq Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlari hududlarini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi “Jiydakapa-Namangan” 1-2-3 magistral suv quvurlarida mavjud nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2021-yil 9-mart tungi 02:00 dan 11-mart soat tungi 02:00 gacha “Jiydakapa” inshootidan ichimlik suvi berish toʻxtatiladi.
Nosozliklarni bartaraf etish jarayonida Namangan shahrining “Janubiy aylanma yoʻli”, Boburshoh, Margʻilon va ularga tutash koʻchalarda, Yangi qurilish, Yangi hayot, Barkamol avlod, Yakkatut, Objuvoz, Sohibkor, Qadamjoy, Lola mahallalarida, Uychi koʻchasidagi koʻp qavatli uylarda, Uychi tumanining Jiydakapa, Oʻnxayat, Mashad, Namangan tumanining Qurama, Eshobod, 1-2-Qumqoʻrgʻon, Neʼmatjon, Gʻalcha, Qoʻqonqishloq, Xonobod qishloqlarida ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
“Isteʼmolchilardan avvaldan uzr soʻragan holda ichimlik suvi zaxirasini yaratib qoʻyishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring