Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida viloyatda temir daftarga kirgan shaxslarni ish oʻrinlari bilan taʼminlash, ularni maishiy xizmatlar koʻrsatish sohalariga jalb qilish maqsadida boʻshagan yuk konteynerlaridan samarali foydalanib, zamonaviy koʻrinishda jihozlagan holda, aholi punktlarida oʻrnatish choralarini koʻrish topshirigʻi berilgandi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, mazkur koʻrsatma asosida viloyat hokimligi, bojxona boshqarmasi hamda “Remont mexanika” zavodi bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzilib, hozirgi kunga qadar respublikamizning turli hududlaridan 1000 donaga yaqin konteynerlar yigʻilmoqda. Ular zamonaviy koʻrinishda taʼmirlanib va jihozlanib, imtiyozli kredit asosida viloyatdagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtgani haqida xabar bergan edik.
Buxoro hokimidan oldinroq Namangan viloyati hokimining konteyner uyi tayyor boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring