Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
“Hukumat soati”da deputatlar OTM talabalarni turar joylar bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qilindi. Xalq vakillarining savollariga oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov javob berdi. Vazir oʻz nutqida Yunusobodda ijarada turgan 5 nafar talabaning oʻlimi haqida toʻxtadi.
Tergov surishtiruv jarayonlari hali tugamadi. Lekin barcha rektorlar janoza tadbirlarida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy, maʼnaviy yordam berdi, barcha jamoasi bilan yonida boʻldi. Noxush holatga rektorlar befarq emas, qatʼiy nazoratga olingan», dedi vazir.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 27-fevral kuni Toshkent shahrida ijarada yashab kelgan 5 nafar talabaning murdasi nomaʼlum moddadan oʻtkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan edi.
Mazkur voqeadan soʻng Bosh vaziri oʻrinbosari Bekzod Musayev boshchiligida talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yoʻlga qoʻyish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish masalasida tezkor yigʻilish oʻtkazilgan edi.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring