DXX jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻydi

DXX xodimlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Xitoy davlatidan Qozogʻiston Respublikasi orqali mamlakatimizga import tovarlarini tashish bilan shugʻullanuvchi avtofura haydovchilarining Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara-bojxona posti orqali oʻtishlari jarayonida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirishni bahona qilib, ulardan tovlamachilik yoʻli bilan pul undirib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.
Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoiy guruh soxta hujjatlar yordamida tovar-moddiy boyliklar importi bilan ham shugʻullanganligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda guruh aʼzolariga tegishli boʻlgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 6 ta manzilda tintuv tergov harakatlari amalga oshirildi. Natijada, ulardan 410 ming AQSH dollari, turli koʻrinishdagi 21 dona soxta muhr va shtamplar, kompyuter texnikalari hamda bojxonaga oid shubhali hujjatlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularning ikki nafar yetakchisiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Shuningdek, tergov harakatlari doirasida guruh faoliyatiga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring