“Toshkent — Seul — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi aviaqatnovlar sanasi maʼlum boʻldi

12:08 13 Yanvar 2021 Jamiyat
807 0

Bu haqda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent — Seul (Incheon aeroporti) yoʻnalishi boʻyicha Janubiy Koreyaga kirish uchun amaldagi ruxsatnomaga ega boʻlgan chet el fuqarolarini, shu jumladan Oʻzbekiston fuqarolarini tashish imkoniyati mavjud boʻlgan navbatdagi qatnovlar sanasi tasdiqlangan.

Qatnovlar joriy yilning 28-yanvar va 2-fevral kunlari amalga oshiriladi. Shu kungi qatnovlarda yoʻlovchilardan Toshkent — Seul yoʻnalishi boʻyicha amaldagi viza bilan xorijiy fuqarolarni tashish ushbu shartlar orqali amalga oshiriladi:

— amaldagi kirish vizasining mavjudligi (2020-yil 5-aprelgacha berilgan S turdagi vizalar bundan mustasno);

— Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan laboratoriyalarning biri tomonidan uchish sanasidan 72 soatdan oshmagan vaqt davomida berilgan PZR usuli bilan olingan Covid-19 uchun salbiy test natijasining mavjudligi. Maʼlumotnoma Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Shuningdek, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sanalarda Toshkentdan Incheon aeroporti orqali uchib ketadigan tranzit yoʻlovchilarni tutash vaqti 24 soatdan kam boʻlgan, Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR test maʼlumotnomasi boʻlishi sharti bilan uchinchi mamlakatlarga tashish imkoniyati mavjud.

Soʻnggi manzil yoki undan keyingi tranzit mamlakatlariga kirish qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik tranzit yoʻlovchilar zimmasiga toʻliq yuklatiladi.

Boshqa kunlari rejalashtirilgan qatnovlar uchun (2021-yil 21-yanvar, 4-fevral va 18-fevral) avvalgi cheklovlar amal qiladi. Yaʼni Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR-test maʼlumotnomasiga ega faqat Koreya Respublikasi fuqarolari va F-5, F-6 vizalari boʻlgan chet el fuqarolari qatnovlarga qoʻyiladi.

Ushbu qatnovlarda tranzit yoʻlovchilarining tashuvi amalga oshirilmaydi.

Maʼlum qilinishicha, Koreya Respublikasiga kelgandan soʻng, barcha yoʻlovchilar PZR-test topshirishlari va yashash joylarida 14 kunlik karantinda boʻladilar. Aniq yashash joyiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar oʻz mablagʻlari hisobidan maxsus davlat karantin muassasalarida oʻzini izolyatsiya qilishlari shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер