2021-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlari qay ahvolda?

12:28 16 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
1645 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-oktyabrdagi “2021-yil hosili uchun kuzgi shudgorlashni optimal muddatlarda uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 03/1-668-sonli yigʻilish bayonida, joriy yilda 1 mln 79 ming 899 gektar maydonlarda kuzgi shudgorlash ishlari oʻtkazilishi belgilangan.

2021-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash mavsumiga 5404 dona haydov traktorlari jalb qilinib, shulardan 3995 donasi yuqori unumli haydov traktorlardir.

Shuningdek, Inspeksiyaning vazifalaridan biri Respublikamizda qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishda muhim hisoblangan agrotexnik tadbirlarni sifatli va muddatlarda oʻtkazilishini nazorat qilishdir.

Shuning uchun, Inspeksiya va uning hududiy boshqarma hamda tuman boʻlimlari tomonidan joylarda kuzgi shudgorlash ishlarining borishi boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazilib, 3711 ta holatda 20448 gektar maydonlarda shudgorlash ishlarida agrotexnik tadbirlar buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi kuzatildi.

Xususan, nazorat tadbirlari davomida 1529 ta holatda 4914 gektar maydonlarda sifatsiz shudgor (sayoz, toʻliq kontur hosil qilinmagan, dala boshi va oxiri haydalmagan hamda yerga yer qoʻshilmasdan) qilingan maydonlar aniqlandi. Bu haqda «Oʻzagroinspeksiya» axborot xizmati maʼlum qildi.

Masalan, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining bir qator hududlarida shudgorlash tadbirlari sifatsiz amalga oshirilayotganligi maʼlum boʻldi.

Shu bilan birga, 2183 ta holatda 15535 gektar maydonlarda takroriy va boshqa ekinlar yigʻishtirib olingan boʻlsada, lekin shudgorlash ishlariga kirishilmaganligi aniqlandi.

Ushbu holatni, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarining ayrim hudularida kuzatish mumkin.

Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalariga 6984 ta ogohlantirish, 615 ta koʻrsatma hamda mahalliy hokimliklarga 146 ta taqdimnoma kiritilib, aybdorlarga nisbatan 51 ta maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.

Inspeksiya tomonidan Respublikamizda qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarning sifatli va oʻz muddatida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilishini taʼminlanmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер