Oʻzbekistonda teri vazifani bajarib turuvchi preparat yaratildi

14:20 19 Noyabr 2020 Jamiyat
1846 0

Joriy yilning 18-19-noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Oʻzbekistonda ilk bora farmatsevtika va tibbiyot sohasida tijoratlashtirishga tayyor boʻlgan ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasi ochildi. Ikki kun davom etadigan koʻrgazmada Oʻzbekistondagi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va innovatsion markazlari tomonidan 100 taga yaqin ilmiy ishlanmalar namoyish etiladi. Koʻrgazmada barcha ilmiy muassasalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika hamda zamonaviy davolash metodikalari namoyish qilindi. 

Koʻrgazmada Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Yoʻldoshev Sherzoddan viruslarga qarshi vositalar haqida atroflicha maʼlumot oldik. 

"Nanoderm preparatimiz kumush tarkibida nano zarralar mavjud. Bu preparat terining kuygan qismiga qoʻyiladi. Terining kuygan qismiga qoʻyilganda bu teri vazifani bajarib turadi. Ham teri yuzasida hosil boʻladigan suvni oʻziga soʻrib oladi. Keyinchalik esa toʻliq parchalanib ketadi. Shuningdek bu vosita, nafas olish vazifasini ham bajaradi. Tarkibidagi kumush nano zarralar teriga tushadigan mikroblarni oʻldirib turadi.

Masalan teri kuyganda koʻpchilik mato ishlatadi. Teri bitganda mato qayta olinganda yara shilinishi kuzatiladi.

Biz yaratgan preparat esa terining ham nafas olishini, ham viruslarni oʻldirish vazifasini bajaradi. Buni kuniga bir marta qoʻyish kifoya, oʻzi yara bitgach soʻrilib ketadi", deydi Yoʻldoshev.

Maʼlumotlarga koʻra, tadbirda 11 ta oliy taʼlim muassasalari, 7 ta Fanlar akademiyasi va 9 ta tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ilmiy markazlar ixtirochilari tomonidan 100 ta innovatsion ishlanmalarning taqdimoti boʻlib oʻtadi. Shuningdek, tadbirda muassasalar, tadbirkorlar, dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari ishtirok etib, muhokamalar oʻtkazish va kelishuvlarni imzolash imkoniyati yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?