Konimex ekoparkida mahalliy va xorijlik turistlar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

12:05 17 Noyabr 2020 Jamiyat
1710 0

Navoiy viloyatida press-tur davom etmoqda. Ishtirokchilar navbatdagi obyekt — Konimex ekoparki bilan tanishdilar.

Maʼlumotlarga koʻra, Konimex tumani qadim zamonlardan beri chorvadorlar yurti hisoblanib kelinadi. Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligi bilan bir qatorda turizmni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda.

«Ecopark Konimex» buning bir misolidir. U 4 gektar maydonda joylashgan boʻlib. Kiraverishda oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq milliy taomlari turlarini taklif etadigan shinam restoran mavjud. Bundan tashqari, oʻziga xos orolcha boʻlib, bu yerda mahalliy va xorijlik turistlar oʻzlari baliq tutib, pishirib isteʼmol qilishlari mumkin.

Noanʼanviy uslubda bezatilgan musiqali favvora, bolalar attraksionlari, qozoq millatiga xos oʻndan ortiq oʻtovlar, shifobaxsh tuya suti, sport maydonchasi, madaniy hordiq uchun amfiteatr xullas, bu kabi qator zamonaviy qulay imkoniyatlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotib kelmoqda. Bu yerda 10 dan ziyod tuyalar parvarishlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?