2021-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlariga 4 000 ga yaqin yuqori unumli haydov traktorlari jalb etiladi

15:12 09 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1810 0

Qishloq xoʻjaligida moʻl hosil olish uchun kuzgi shudgorlash tadbirlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazilishi alohida muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-oktyabrdagi “2021-yil hosili uchun kuzgi shudgorlashni belgilangan muddatlarda uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 03/1-668 sonli yigʻilish bayoni kuzgi shudgorlash ishlarini oʻz vaqtida sifatli bajarilishi yuzasidan barcha tashkiliy masalalarni oʻz ichiga olgan.

Respublikada 2021-yil hosili uchun 1 079,9 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, shudgorlash uchun 5 404 dona shundan, 3 995 dona yoki 74 foizi yuqori unumli haydov traktorlari jalb qilindi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 401 ta, Andijonda 515 ta, Buxoroda 552 ta, Jizzaxda 321 ta, Qashqadaryoda 410 ta, Navoiyda 222 ta, Namanganda 311 ta, Samarqandda 542 ta, Surxondaryoda 392 ta, Sirdaryoda 356 ta, Toshkentda 472 ta, Fargʻonada 400 ta va Xorazm viloyatida 510 ta haydov traktorlari 2021 hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlariga jalb etiladi. 

«Oʻzagroinspeksiya» axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur muhim tadbirga jalb etilgan haydov traktorlarining respublika boʻyicha 500 dan ortigʻi joriy yilning oʻzida fermer xoʻjaliklari va paxta klasterlari tomonidan xarid qilib olingan boʻlib, ular yuqori unumli haydov traktorlari hisoblanadi.

Bugungi kunda barcha hududlarda shudgorlash ishlariga toʻliq kirishilgan boʻlib, tadbirni belgilangan muddatlarda sifatli va agrotexnik talablar darajasida tashkil etish boʻyicha shudgor otryadlari shakllantirilib, otryadlarga biriktirilgan haydov traktorlarini betoʻxtov ishlashini taʼminlash maqsadida hududlarda koʻchma ustaxonalar tashkil etilgan.

Shuningdek, shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizatorlarga hududlarda issiq ovqatlar va zurur sharoitlar yaratilishi boʻyicha nazorat oʻrnatilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joylarda shudgorlangan maydonlarni sertifikat asosida qabul qilib olinishi, maydonlarda har bir konturning toʻrtburchak “konvert” usulida va daraxtlar atrofi toʻliq shudgorlanishi, haydov agregatlarini taʼmirlash boʻyicha tasdiqlangan grafikning bajarilishi, shudgorlash ishlari sifatsiz bajarilgan taqdirda dalolatnoma rasmiylashtirish, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish «Oʻzagroinspeksiya»ning hududuiy boshqarma va tuman boʻlimlari zimmasiga yuklatilgan hamda inspektorlar tomonidan muntazam ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер