Oltiariqda uch nafar turmushga chiqmagan qiz oʻrtasida ro'y bergan «samosud»ga nima sabab boʻldi?
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumani yashovchi 3 nafar turmushga chiqmagan qizlarning oʻzaro janjali aks etgan videolavha keng tarqalgan edi.
Maʼlum boʻlishicha, jamoat joyida karantin qoidalariga amal qilmagan ikki nafar qizlar singlisini ranjitgani uchun uchinchi qizni «samosud» qilishgan.

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning aytishicha, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun Rishton tumani maʼmuriy sudiga taqdim etilgan.
Rishton tumani maʼmuriy sudi hukmiga koʻra, qizlarning ikki nafariga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, 1 nafar qizga esa bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qoʻllanilgan.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring