Buxoro davlat tibbiyot instituti Oʻzbekiston OTMlari ichida birinchi boʻlib xorijda oʻz filialini ochdi

00:22 29 Sentyabr 2020 Jamiyat
4989 0

“Xalq so`zi ONLINE”

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Oʻzbekistondagi xorijiy mamlakatlarda oʻz filialini tashkil etgan ilk oliy taʼlim muassasasiga aylandi. 

Gap shundaki, institut Hindistonning Nyu-Deli shahridan 20 km. uzoqlikda joylashgan Noida xalqaro universiteti bazasida oʻz filialini tashkil etish boʻyicha memorandum imzoladi. 

Unga binoan 2020-2021 oʻquv yilidan institut professor-oʻqituvchilari MBBS (Tibbiyot va jarrohlik bakalavri) dasturi asosida oʻqishga qabul qilingan Hindiston fuqarolariga oʻz mamlakatlarida tahsil berishadi. Kelishuvga binoan, Noida xalqaro universiteti taʼlim jarayoni uchun zarur infratuzilma, moddiy-texnik baza, oʻquv laboratoriyalari hamda klinik bazalardan foydalanish boʻyicha yordam koʻrsatadi. Oʻqishga qabul qilingan talabalar birinchi ikki yilni Hindistonda, qolgan 3 yilni esa Buxoroda oʻtkazishadi. Bu bugungi pandemiya sharoitida hind talabalarining oʻz vatanlarida turib tahsil olishlari uchun ham qulay imkoniyatdir. 

“Xalq so`zi ONLINE”

Buxoro davlat tibbiyot instituti, Noida xalqaro universiteti hamda “PeopleHive” kompaniyasi oʻrtasida imzolangan ushbu uch tomonlama memorandum mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining xalqaro jozibadorligini taʼminlashda, taʼlim eksporti orqali institut moddiy barqarorlikni oshirishda hamda xalqaro reytinglarda oʻrin egallashiga asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi.

Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2019-yilda Hindiston fuqarolariga taʼlim berish huquqini beruvchi Tibbiyot kengashi akkreditatsiyasidan oʻtgan edi. Oʻtgan oʻquv yilida 50 ga yaqin hind fuqarolari oʻqishga qabul qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер