Oliy Majlis Senati aʼzosi, yozuvchi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi
Oliy Majlis Senati aʼzosi, Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi, fidoyi jurnalist, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi.
Jurnalist, siyosatchi Sh.Usnatdinov 1942-yil Kegeyli tumanida tugʻilgan. Marhum Nuroniy jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi sifatida uzoq yillar mamlakatimizning rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan inson. Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetini tugatgan yozuvchi, jamoat arbobi xalqimizga “Kimga kech, kimga tong sahar”, “Soʻnggi ovchi”, “Koʻrganlarim, koʻngildagilarim”, “Birinchi qoraqalpoq baletmeysteri”, “Shoirning yoshligi” kabi roman va qissalarini meros qilib qoldirdi.
Oliy Majlis Senati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring