Spiker oʻrinbosari “Yoshlar parlamenti” aʼzolari bilan uchrashdi
Parlament quyi palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining OʼzLiDeP guruhi aʼzolari oʻrtasida hamkorlikni samarali tashkil etish siyosiy kuchning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Shu maʼnoda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari va partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitovning Yoshlar parlamentiga saylanganlar bilan onlayn videomuloqot shaklida uchrashuv oʻtkazganida oʻzgacha maʼno mujassam. Nafaqat yosh aʼzolarni tabriklash, shuningdek, qonun loyihalari ishlab chiqish, ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini yuksaltirib borish, mavjud muammolar yechimlariga oid takliflar tayyorlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirish tadbirning bosh mezoni boʻldi desak, yanglishmaymiz.

Videomuloqot davomida Yoshlar parlamenti aʼzolarining masofadan turib ham oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlariga imkoniyat yaratildi.
Yoshlar parlamenti raisi Jamshid Boboyev berilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va oʻziga yuklatilgan masʼuliyatli vazifani sidqidildan bajarib, imkoniyatlardan samarali foydalanishi borasida mulohazalarini bildirdi.
Muloqotda qonun ijodkorligida yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash bilan birga huquqiy hujjatlarning ijro mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni yana-da oshirish, vorislarni deputatlikka tayyorlash borasidagi takliflar muhokama qilindi.
Unda ishtirok etgan Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev parlament ishida ishtirok etishning yangi imkoniyatlari yaratilgani yoshlarga kelgusida qonun loyihalarini aholi, xususan, tengdoshlari oʻrtasida muhokama etish, joylarda qonunlar ijrosini taʼminlashning zamonaviy instrumentlarini yaratishga xizmat qilishini alohida taʼkidladi. Barcha aʼzolarni bu borada tashabbuskor boʻlib, jonbozlik koʻrsatishga, fikrlarini qoʻrqmasdan bildirishga daʼvat etdi.
Partiyaning Yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri Yusufjon Yusupov ham Yoshlar parlamenti va OʼzLiDeP Yoshlar qanoti guruhlari oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlashga oid takliflarini bildirdi.
Tadbir yakunida yoshlarga partiyaning ishonch yorliqlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring