Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi ziddiyat yuzasidan ikki davlat kelishuvga erishdi
Qirgʻiziston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Kubatbek Boronov va Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Botken viloyatining “Chechme-Avtodorojnыy” nazorat oʻtkazuv punktida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida bir kun oldin ikki davlat chegara hududidagi qishloqlar aholisi oʻrtasida yuz bergan toʻqnashuv muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar chegarada yuz bergan koʻngilsiz voqea uchun afsusda ekanini bildirgan. Uning avj olib ketmasligi, keskinlikni yumshatish va keyinchalik bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik uchun chora-tadbirlar koʻrishga kelishib olishdi.
Kubatbek Boronov va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalarda fikr almashdi.
Tomonlar hodisa boʻyicha birgalikda tergov harakatlari olib borishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring