COVID-19 pandemiyas taʼlim tizimida oʻzgacha fikrlashga majburi qilyapti

11:11 21 Aprel 2020 Jamiyat
4531 0

Oliy taʼlim muassasalari koronavirus pandemiyasi tufayli talabalarni joriy yil 16-martdan majburiy taʼtilga chiqardilar. Pandemiya karantini joriy etilish boshqa sohalar singari oliy taʼlim tizimi vakillari – rahbariyat ham, professor-oʻqituvchilarga ham, talabalarga ham, oddiy mehnat xodimiga ham yangi vazifalar, yangi chaqiruvlarni belgiladi. Masofadan taʼlim bagʻriga shamol tekkandek boʻldi. Anchadan beri rivojlanishi kutilayotgan masofaviy taʼlim kutilmaganda rivojlanishni boshladi. Toʻgʻri kamchiliksiz iloji yoʻq. Lekin boshlasa boʻlar ekan. Yaxlit tizim, umumiy jamoa koʻmagida masofaviy taʼlim tizimi moodle platformasida yaratildi hamda talabalar eʼtiboriga yetkazildi.

Bu jarayonni ijobiy jihatlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham koʻzga tashlanib qoldi:

  • internet butun Oʻzbekiston boʻylab bir meʼyorda ishlamasligi;
  • ayrim professor-oʻqituvchilarning masofadan dars oʻtishga tayyor emasligi;
  • internet uzilishlari tufayli nazoratni topshirishda nuqsonlar boʻlayotganligi va bu oʻz navbatida nazorat natijasiga taʼsir koʻrsatayotgani.

Yangi tizim, yangi taʼlim olish muhitida kamchiliklar boʻlishi tabiiy.

Masofaviy taʼlimni ijobiy tomonlari haqida soʻz yuritilsa, koʻpdan beri muhokama qilinayotgan muhim masalalar oydinlashadi:

- talabalar mustaqil ishlash, oʻrganish, izlanish koʻnikmalari shakllanayotganligi;

- har bir OTMda bir nechta 100 Gb. hajmda minglab videodarslar yaratilganligi (odatiy taʼlim jarayonida bunday qisqa vaqtda shunday hajmdagi ishni bajarish dargumon);

- va nihoyat! professor-oʻqituvchilarga ijod, izlanish imkoniyati – erkinlik berilganligi (odatiy taʼlim jarayonida professor-oʻqituvchi qogʻozbozlikdan boʻshamayotgan edi);

- yana bir muhim jihati, har bir professor-oʻqituvchiga fanni oʻzlashtirishni baholashdagi barcha toʻsiqlar olib tashlanganligi;

- zamonaviy dasturlardan foydalangan holda onlayn darslarni (onlayn rejimda videomuloqot) tashkil etilayotganligi.

Kamchilik va afzalliklarni solishtirish barobarida, masofaviy taʼlim imkoniyatlari kengligini yaqqol sezildi. Yangi oʻquv yilida talabalikka qabul qilish parametrlarini aynan masofaviy taʼlim koʻrsatkichlari hisobidan oshirishni vaqti keldi, chamamda. Sababi masofaviy taʼlim tizimida 6000 nafar talabaga ham, 16000 nafar talaba talabaga ham yondashuv bir xilda boʻladi. Asosiysi bu jarayon professor-oʻqituvchilarga hamda talabalarga yangi bilimlarni oʻrganish davri boʻlyapti.

Karantin davrida Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tashkil etilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalsak.

Talabalar taʼtili davrida oliy taʼlim professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari mehnat taʼtiliga chiqarildi. Shu bilan birgalikda, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar asosida professor-oʻqituvchilar masofaviy ish jarayoniga oʻtkazildi.

Talabalarning uydagi boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus asosida onlayn loyihalar tashkil etilib kelinmoqda. Shu oʻrinda karantin davrida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda faolligi oshganligini taʼkidlab oʻtish lozim.

Nafaqat mutaxassislik boʻyicha fanlar, balki badiiy adabiyotlarni elektron oʻqishga eʼtibor qaratilmoqda. Talabalarni badiiy kitob mutolaasiga koʻproq jalb etish uchun “Har haftada bir kitob”, “Hikoyalar tanlovi” loyihalari, huquqiy bilimlarni mustahkamlab borish uchun “Huquqiy taʼlim testi” kabi loyihalar oʻtkazilmoqda. Karantin davrida talabalar tomonidan yuzaga kelayotgan koʻplab savollarga “onlayn savol-javoblar” rukni orqali javob berilyapti. Shuningdek, hamkor tashkilotlar ham bu jarayonda faol ishtirok etmoqdalar. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Valiyev Muhammad tashabbusi bilan yoshlarni jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari, jismoniy holatlarini saqlab turishlari uchun “Uyda sport” ijtimoiy aksiyasi, institut Kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan avvalo sof insoniy tuygʻularni madh etish, ona Vatan va inson zotini ulugʻlash, yuksak odamiylik fazilatlarini madh etish, bunyodkorlik va yaratuvchilik qobiliyatlarni tarannum qilish mavzularida “Ijodiy tanlov” loyihalari amalga oshirilishni boshladi. Yoshlarni motivatsiyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Talabalar videomurojaati”, “Bizning qahramon” loyihalari talabalar orasida muvaffaqiyatli oʻtkazib kelinmoqda.

Dilshod Baratov,

Toshkent temir yul muhandislari instituti prorektori,

texnika fanlari doktori

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?