1-martidan boshlab xalqaro reyslar uchun elektron chipta xarid qilish imkoni yarаtiladi

14:29 28 Fevral 2020 Iqtisodiyot
1680 0

Joriy yilning 1-martidan boshlab Oʻzbekiston temir yoʻllari yoʻlovchilarining xalqaro reyslari uchun elektron chipta xarid qilish imkoni yaratiladi.

Yaʼni elektron chipta bu- internet tarmogʻi orqali belgilangan sahifa(www.e-ticket.uz) ga yoʻlovchi masofadan yoxud temiryoʻl kassalariga kelmagan holda ham kerakli maʼlumotlar( ism-familiya, qayerdan qay manzilga borishi, pasport raqami va h.k) ni kiritib, roʻyxatdan oʻtishi va joy band qilishi mumkin.

Bu tizim yoʻlovchilarning ham vaqtini ham naqdini tejaydi.

Eslatib oʻtamiz, elektron roʻyxatdan oʻtib, chipta xarid qilish ichki reyslar uchun amalda oʻz faoliyatini olib bormoqda. Bunda yoʻlovchilar internet sahifa orqali roʻyxatdan oʻtib, poyezdga chiqishdan avval biletning faqatgina printerdan chiqarilgan koʻrinishini taqdim etishlari talab qilinadi xolos.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan bu kabi qulayliklar va imkoniyatlarning yaratilishi yoʻlovchilarning manziliga yetib olishi va albatta yurtimizda turizm salohiyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning amalda faol ekanligidan dalolatdir.
Sitora YO'LCHIYEVA,

talaba

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?