Navoiyda mudhish avtohalokat oqibatida ikki navqiron yigit vafot etdi
Joriy yilning 24-fevralkuni soat 03:50 atrofida fuqaro Sh. Q. boshqaruvida boʻlgan “Shahobiddin Trans” MCHJga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinada Navoiy shahar Gʻalaba shohkoʻchasi va L.Tolstoy koʻchalari kesishgan chorrahada svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasligi oqibatida fuqaro Sh. H boshqaruvida boʻlgan “Ravon-R3” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan.
Sodir boʻlgan avtohalokat oqibatida “Matiz” avtomashinasi yoʻlovchilari, yaʼni 2000-yilda tugʻilgan, Navbahor tumani “Navkor” MFYda istiqomat qilgan O.I. hamda 1996-yilda tugʻilgan F. S. vafot etgan.
Shuningdek, mazkur yoʻl harakati hodisasida 2000-yilda tugʻilgan uchinchi yoʻlovchi bosh miya ochiq jarohati, koʻkrak qafas yopiq jarohati tashxisi bilan Navoiy shahridagi markaziy kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Dastlabki xulosalarga koʻra YTH “Matiz” avtomashinasi yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir boʻlgan.
Viloyat IIB YHXB bergan maʼlumotlarga koʻra YTHda ishtirok etgan har ikki avtomobil haydovchilari yil davomida YTH sodir etishmagan.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring