Bosh prokuror: “Umumiy jinoyatlarning 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-oʻgʻillar oʻrtasida yuz bergan”

16:18 22 Fevral 2020 Jamiyat
1045 0

Yigʻilishda Bosh prokuror N.Yoʻldoshev qotillik jinoyati aksariyat hollarda oila-turmush va oddiy maishiy munosabatlar zamirida kelib chiqqanligi, qarindosh urugʻlar yoki qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi nizo va kelishmovchiliklar toʻliq bartaraf etilmayotganligi, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi kamchiliklarni alohida koʻrsatib oʻtdi.

Xususan, oʻtgan yilda ushbu jinoyatlarning 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-oʻgʻillar oʻrtasida yuz bergan.

Misol uchun, Izboskan tumanida biron joyda ishlamaydigan, ichkilikka ruju qoʻygan K. uyida mast holda nogiron otasi va onasi bilan janjallashib, ularni shafqatsizlarcha oʻldirgan.

Bunday misollar, afsuski, kam emas.

Rahim Sherqulov, “Xalq soʻzi onlayn”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?