Oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosati ishlab chiqiladi

12:35 24 Oktyabr 2019 Jamiyat
3504 0

Illyustrativ foto

Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.

Shuningdek, Farmon bilan Strategiyani amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilandi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash Strategiyaning toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadi hamda belgilangan indikatorlarga erishish ustidan doimiy monitoring olib boradi.

Shu bilan birga, mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning toʻliq va oʻz muddatlarida bajarilishini taʼminlash maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmasida masʼul boshqarma tashkil etiladi.

Farmonga koʻra, Agrosanoat majmuyi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibiga oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?