Kitobda 206 xonadon seldan jiddiy zarar ko‘rdi
Kitob tumanida 13 maydan 14 mayga o‘tar kechasi kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel toshqinlari yuzaga kelib, tumandagi Jillisuv, Bog‘ibaland, Anorzor, Makrid, Ayoqchi mahallalari aholisiga jiddiy ziyon yetkazdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Jillisuv mahallasidagi 112 xonadon seldan zarar ko‘rib, shundan 7 xonadon uylari yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Bog‘ibaland mahallasidagi 15 xonadon, Anorzor mahallasidagi 3 xonadon seldan talofat ko‘rgan. Makrid mahallasida 36, Ayoqchi mahallasida esa 40 ta xonadon jiddiy zarar ko‘rgan.
Toshqin qishloqlarni bog‘lovchi 12 ta ko‘prikni yuvib ketgan. Avtomobil yo‘llariga ham jiddiy ziyon yetganligi uchun transport harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Bulardan tashqari, aholiga tegishli ayrim transport vositalari ham nom-nishonsiz yo‘qolib qolgani aytilmoqda.
Sel oqimi aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 120dan ortiq chorva mollarini oqizib ketgan.
Qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Ayni paytda mahallalarda seldan zarar ko‘rgan xonadonlar oilalari vaqtincha boshqa joylarga ko‘chirilib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Ahad MUHAMMADIYЕV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring