Yongʻinni tez bartaraf etishga koʻmaklashuvchi qurilma Qoraqalpogʻistonda kashf qilindi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boʻlim muhandisi, kapitan Mahmud Jumaniyozov yoʻlga qoʻygan yangilik yongʻinlarni tez bartaraf etishda qoʻl kelmoqda. Gap shundaki, u uy tomlari tunukalarini tez va qisqa fursatda ochish imkonini beruvchi moʻjaz qurilma yaratishga muvaffaq boʻldi.
-Hozir turar joy binolari tomini har xil rangdagi zamonaviy tunukali qoplama bilan yopish va ularni buramali vintlar bilan qotirish rusum boʻlgan, - deydi M.Jumaniyazov. - Mabodo, ana shunday uylarda yongʻin sodir boʻlsa, qoplamalarni ochishga, natijada yongʻinni boʻysundirishga ancha vaqt ketadi. Biz oʻylab topgan drel qurilmasi esa siqilgan havo yordamida ishlatiladi. U bilan tunukalar tez va beshikast ochiladi. Eʼtiborlisi, shikast yetkazilmay ochilgan tunukalarni yana qaytadan foydalanish mumkin.
Ayni paytda qurilma amalda qoʻllanilmoqda.
Hidoyat AHMEDOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Bosh prokuratura muzeyiga noyob eksponatlar kiritildi
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
- Oʻzbek polvonlari kurash boʻyicha Jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi
- Hosil bayrami: Dehqonlar va fermerlarning mehnati eʼtirof etildi (+fotoreportaj)
- Tarixda birinchi marta rasm kim oshdi savdosida sotildi. Uning haqiqiyligi sunʼiy intellekt tomonidan tasdiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring