Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatildi

14:53 31 May 2019 Madaniyat
4020 0

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda oʻz munosabatini yoʻllagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan sanʼatkor odobiga toʻgʻri kelmaydigan nooʻrin soʻzlar orqali muborak Roʻzai Ramazon oyida keng ommaning gʻashiga tegish hollari kuzatildi. A.Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlardagi ketma-ket chiqargan bunday nomaqbul audio-videolari oʻz navbatida yoshlar orasida va jamoatchilik oʻrtasida salbiy fikr uygʻotmasdan qolmadi hamda noroziliklarga sabab boʻldi.

Yuqorida holatlar boʻyicha xonandaga Muassasa tomonidan bir necha marotaba ushbu nooʻrin munosabatlarni toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantirish berildi. Bunga qaramasdan xonanda tomonidan nojoiz munosabatli fikrlarni keng ommaga tarqatish yana takrorlandi.

Shu bois litsenziat A.Qurbonov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Qurbonov Abdulla Akbarovich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 5706-son litsenziyaning amal qilishi 2019-yil 31-may kunidan tugatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер